pulse.
Biz haqimizda

Texnik mukammallikka asoslangan butik agentlik

Pulse Marketing - har bir mijozga to'liq diqqat ajratuvchi, natijaga yo'naltirilgan SEO va AI qidiruv jamoasi. Toshkentdan boshlanib, xalqaro bozorlarda ishlaymiz.

Ibrohim Botirov

Ibrohim Botirov

Execution & Analysis Lead

Texnik SEO + AEO/GEO bo'yicha amaliyotchi

Begzod Zaynullaev

Begzod Zaynullaev

Client & Strategy Lead

Mijoz munosabatlari va strategiya yetakchisi

Bizning hikoya

Standart formulalar emas - chuqur yondashuv

Pulse Marketing ko'p yillik SEO va raqamli marketing amaliyotidan kelib chiqqan. Founderlarimiz xalqaro va lokal loyihalarda ishlash davomida bir narsani aniq tushundi: ko'pchilik agentliklar mijozlarini standart formulalar bilan ko'rsatadi, lekin haqiqiy natija - bu chuqur texnik bilim, individual yondashuv va shaffof hisobotning birikmasi.

Biz Pulse'ni cheklangan loyihalar soni bilan ishlovchi, har bir mijozga to'liq diqqat ajratuvchi jamoa qilib yaratdik. Bu narx siyosatida emas - ish yondashuvida o'z aksini topadi.

Lokal biznesdan tortib xalqaro brendlargacha - biz har bir loyihaga uning o'ziga xosligi va kontekstidan boshlab yondashamiz. SEO bizning yetakchi xizmatimiz, lekin paid ads, veb-saytlar, kontent va analitika - barchasi bitta yondashuv ostida birlashtirilgan.

Asoschilar

Jamoa

Pulse - ikki asoschining birlashgan tajribasidan kelib chiqqan. Texnik chuqurlik va mijozlar bilan yaqin ishlash - bizning kuchimiz.

Ibrohim Botirov

Ibrohim Botirov

Execution & Analysis Lead

Texnik SEO, kontent strategiyasi va AI qidiruv optimizatsiyasi (AEO/GEO) bo'yicha amaliyotchi. AQSh (xizmat va e-commerce), Rossiya (B2B SaaS) va O'zbekiston bozorlarida 80+ SEO-maqola va 50+ reklama kampaniyasi tajribasi. JSON-LD schema markup orqali kontentni Google Rich Results va ChatGPT Search natijalariga chiqargan. WIUT bitiruvchisi (Business Administration).

LinkedIn
Begzod Zaynullaev

Begzod Zaynullaev

Client & Strategy Lead

Mijozlar bilan ishlash va strategik yo'naltirish uchun mas'ul. Biznes maqsadlarini SEO va marketing strategiyalariga o'tkazish bo'yicha amaliyotchi. Shaffof aloqa va loyiha boshqaruvi.

Bizning yondashuv

To'rt asosiy qadriyat

Har bir loyihada - har kuni amal qilinadigan tamoyillar.

Texnik mukammallik

SEO va raqamli marketing bo'yicha chuqur texnik bilim. Algoritm va sanoat standartlariga to'liq mos yondashuv.

O'lchanadigan natijalar

Hissiyot emas, raqamlar bilan ishlaymiz. Har bir loyiha aniq KPI bilan boshlanadi va o'sish to'g'ridan-to'g'ri o'lchanadi.

Shaffof hisobot

Oylik aniq hisobotlar - qachon, qancha, qanday natija olindi. Hech narsa yashirin emas, har bir qadam asoslangan.

Individual yondashuv

Cheklangan loyihalar - har bir mijozga to'liq diqqat. Bu bizning tanlovimiz, biznes modeli emas.

Bozorlar

Uchta bozorda - lokal va xalqaro

Har bir bozor o'ziga xos qoidalar va auditoriya tomonidan farq qiladi. Biz har birini alohida o'rganib yondashamiz.

US

AQSh bozori

US kompaniyalari uchun ingliz tilida texnik SEO va kontent strategiyasi. Konvertatsiya va organic trafik o'sishi.

RU

Rossiya bozori

Rus tilida qidiruv optimizatsiyasi. Yandex va Google uchun moslashuv - har ikkala platforma uchun.

UZ

O'zbekiston bozori

Local SEO, o'zbek va rus tilidagi kontent. Mahalliy biznes va xalqaro brendlar uchun.

Hamkorlik

Loyihangizni biz bilan boshlang

Bepul SEO audit bilan boshlanadi. Loyihangizning hozirgi holatini tahlil qilamiz va o'sish imkoniyatlarini ko'rsatamiz.